Rasman: "Valensiya" Gayya bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022
Himoyachi 2006 yildan buyon klub tizimida.

Himoyachi Xose Gayya "ko'rshapalaklar" bilan shartnomasini uzaytirdi.

27 yoshli futbolchining yangi kelishuvi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Ispaniyalik futbolchi "Valensiya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoaga 2006 yilda kelib qo'shilgan.

Gayya asosiy jamoadagi debyutini 2012 yilda o'tkazgan.

"Valensiya" sardori klub bilan shartnomani uzaytiradi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: valenciacf.com