Rasman: UZREPORT TV K-Liga bahslarini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
9 may 2020
Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda.

Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg'ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.
Jonli futbolni sog'inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, UZREPORT Janubiy Koreya milliy chempionati - Key Ligasi o'yinlari translyatsiyasi huquqini sotib oldi. Mazkur chempionatning o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e'tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o'zbek futbolchilari legioner sifatida to'p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov "Seongnam"da, Rustam Ashurmatov "Kvanju"da, Doston Tursunov "Pusan Ay Park"da, Ikrom Aliboev esa "Seul" klubida to'p surmoqda.
FUTBOL TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p surayotgan "Seul" hamda "Kanvon" klublari ishtirokidagi o'yin bilan boshlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.
Translyatsiya doirasida Key Liga g'olibligi uchun asosiy davogar jamoalar uchrashuvlari namoyishi rejalashtirilgan.
Bu o'yinlar orqali nafaqat o'zbekistonlik legionerlar faoliyati, balki Osiyo maydonlaridagi asosiy raqibimiz bo'lgan Janubiy Koreya futboli bilan ham tanishib borish imkoniyatimiz bor.
Ma'lumot uchun, Koreya Key ligasida 12ta jamoa qatanashadi.Musobaqa 8 maydan 8 noyabrgacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: uzreport.news