Rasman: Upamekano "Bavariya"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
14 fev 2021, 16:24
"Bavariya" matbuot xizmati himoyachi Dayot Upamekanoning transferini e'lon qildi.

Unga ko'ra, himoyachi 2021 yilning 1 iyul kunida "Bavariya" futbolchisiga aylanadi. U ushbu mavsumni "Leyptsig" tarkibida yakunlaydi.

Upamekanoning transfer narxi 51 mln evroni tashkil qiladi. Fullbek ushbu mavsum Bundesliganing 19 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbayern.com