RASMAN: Tomas Tuxel "Borussiya"dan ketdi

Aslanov Jasurbek
30 may 2017
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa bilan xayrlashdi.

Bu haqda "arilar"ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oldinroq Tuxel hamda klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke o'rtasidagi munosabatlar taranglashgani haqida e'lon qilingan edi.

Tomas Tuxel shartnomadagi bandga ko'ra, klubdan 2 mln. evro badal puli oladi.

"Borussiya" "Xoffenxaym" ustozi Yulian Nagelsman bilan qiziqish bildirmoqda, ammo u o'z klubini tark etish niyatida emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia