Rasman: Shukron Yo'ldoshev – "Navbahor" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2025
Namanganning "Navbahor" klubi qishki transfer oynasi vaqtida o'z tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Navbatdagi xarid mahoratli darvozabon Shukron Yo'ldoshev bo'lib, klub kiper bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

"Mazkur futbolchi 2002 yil, 21 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida "Paxtakor"ning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o'ynab, professional futboldagi faoliyatini 2021 yilda "Olimpik" (Toshkent)da boshlab, toshkentliklar safida o'tgan mavsum yakuniga qadar to'p tepgan. Shukron Yo'ldoshev O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarida o'ynagan. Biz "Navbahor"ning yangi futbolchisiga jamoamizda omad yor bo'lib, "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.



Eslatib o'tamiz, futbolchi 10 dekabr sanasida Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzolagandi. O'z navbatida, kecha Championat.asia Yo'ldoshev "temiryo'lchilar" safini tark etgani haqida xabar bergandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати