Rasman: Shahboz Jo'rabekov – “Navbahor” futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
21 dek 2022
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Mahoratli himoyachi Shahboz Jo'rabekov "Navbahor" klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. 

Jo'rabekov 1997 yil 2 fevralda Jizzax shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2014 yili “So'g'diyona”da boshlab, 2022 yilgi mavsum yakuniga qadar mazkur jamoada o'ynadi. 

Shahboz Jo'rabekov yakunlangan mavsumda jizzaxliklar tarkibida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 5 ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq Shahboz Jo'rabekov ham yangi mavsumni "Navbahor" tarkibida boshlashi haqida xabar bergandik.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати