Rasman: "Sevilya" o'z safiga "Borussiya" futbolchisini qo'shib oldi

Alisher
26 avg 2021, 10:42
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Dileyni faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

"Sevilya" 29 yoshli o'yinchini Dortmundning "Borussiya" klubidan xarid qiladi. Transfer narxi 6 million evroni tashkil etdi.

Daniyalik futbolchining Andalusiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Dileyni o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es