

Kecha "Bavariya" klubi YCHL chorak final birinchi bahsida "Arsenal" (2:2) mehmoni bo'lgandi. Ushbu o'yinning 70-daqiqasida myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabri jarohat olib, maydonni tark etdi. Futbolchi son mushaklarini jarohatlab olgandi.
Biroz avval, "Bavariya" klubi tibbiy tekshiruvlar o'tkazilgani va Serj Gnabri noma'lum muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi. Futbolchining qachon tiklanishi ma'lum emas.




