Rasman: Savich "Atletiko" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
12 avg 2021
"Atletiko" himoyachi Stefan Savich bilan 2024 yilning iyuniga qadar shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Savich "Atletiko"ga 2015 yilda "Fiorentina"dan 12 million evro evaziga o'tgandi.

Bunga qadar u "Partizan" va "Manchester Siti"da o'ynagan. U Madrid klubi tarkibida Ispaniya chempioni, Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi.

U o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com