Rasman: "Rostov" Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o'tganini e'lon qildi

Alisher
1 okt 2020
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Jenoa"da davom ettiradi.

Bu haqda "Rostov" klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.


"Hammasi uchun rahmat Eldor!

"Rostov" va Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Eldor, omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya jamoasida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru