Rasman: Ronaldino Junior faoliyatini Angliyada davom ettiradi

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024
Mashhur sobiq futbolchi Ronaldinyoning o'g'li Joau Mendes o'zining birinchi professional shartnomasini imzoladi.

19 yoshli Joao faoliyatini "Kruzeyro" akademiyasida boshlagan. 2023 yilda esa "Barselona"ga ko'chib o'tgandi.

Hujumchi yoki o'ng qanot vingeri poziciyasida harakat qiladigan Ronaldino Junior endilikda Angliyaning "Bernli" klubi sharafini himoya qiladi. 

Tomonlar 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashgan.

Eslatib o'tamiz, "Bernli" o'tgan mavsum APLda 19-o'rinni band etdi va Chempionshipga ravona bo'lgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: burnleyfootballclub.com