Rasman: “Roma” darvozabonini ijaraga berib yubordi

Robin Olsen faoliyatini “Kalyari”da davom ettiradigan bo'ldi.

“Kalyari” klubi “Roma”dan shvetsiyalik Robin Olsenni mavsum so'ngiga qadar ijaraga oldi.  Olsen 2018 yil yozida “Roma”ga o'tgandi. U o'tgan mavsum klub safida 27 ta o'yin o'tkazib, 40 ta golni darvozasidan olib chiqdi. 

Rimliklar ustozi Paulu Fonseka esa Robinni asosiy posbon rolida ko'rmadi. U Pau Lopesga ishonch bildirdi.


Manba: “Рома” расмий сайти