Rasman: Riberi "Salernitana" bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
6 sen 2021, 22:43
Yarim himoyachi Frank Riberi A Seriyadagi faoliyatini davom ettiradi.

38 yoshli futbolchi "Salernitana" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomani imzoladi. Qayd etish kerak, ushbu klub 22 yil deganda A Seriyaga qaytdi.

O'tgan ikki mavsumni "Fiorentina" tarkibida o'tkazgan fransiyalik futbolchi A Seriyada 50 o'yinda qatnashib, 5 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/ussalernitana1919official/