Rasman: Real Neymarga taklif bilan chiqmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018
Real PSJ hujumchisi Neymarni xarid qilmoqchi emasligini rasman e'lon qildi.

PSJ hujumchisi Neymarning bizning klubga o'tishi haqidagi ko'plab xabarlarga izoh bermoqchimiz. Real ushbu futbolchi borasida qandaydir taklif bilan chiqmoqchi emas.

Ikkala klubning o'zaro munosabatlari juda ajoyib. Agar Real PSJdan qaysidir futbolchini sotib olmoqchi bo'lganida dastlab rahbariyatga murojaat qilgan bo'lardi, – deb yoziladi Madrid klubi rasmiy saytida.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com