Rasman: "RB Leyptsig" "Manchester Siti" o'yinchisini 18 million evro evaziga xarid qildi

Alisher
13 fev 2021
"RB Leyptsig" "Manchester Siti" himoyachisi Anxelinoni xarid qildi.

Ikki mavsumdan beri nemis klubida o'ynayotgan ispaniyalik futbolchi "Leyptsig" bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Klub "shaharliklar" bilan tuzilgan bitimdagi xarid qilish huquqini faollashtirishdi.

Xabarlarga ko'ra, Anxelinoning transferi "Leyptsig"ga 18 million evroga tushdi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: dierotenbullen.com