Rasman: "Qo'qon-1912" Nimeli va Sohibjonovni ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Farhod Sohibjonov va Silvanus Nimelini "Neftchi"dan ijaraga oldik.

Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'lgan "Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Jamoamiz hujum chizig'idagi raqobatni va tarkibni kuchaytirish maqsadida "Neftchi"dan ikki nafar futbolchi – Farhod Sohibjonov va Silvanus Nimelini ijaraga oldi", – deyiladi qo'qonliklar xabarida.

Avvalroq Farg'ona klubi 2 futbolchisini "Qo'qon-1912"ga ijaraga bergani haqida ma'lum qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати