

"Jamoamiz rahbariyati hujum chizig'ini kuchaytirish va raqobatni oshirish uchun gruziyalik tajribali hujumchi Toma Tabatadze bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Mahoratli hujumchi faoliyati davomida Turkiya, Latviya, Litva, Grzuiya, Qozog'iston chempionatlarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toma yurtimizning "Navbahor" "Neftchi" va "Buxoro" kabi jamoalaridagi faoliyati bilan mutaxassislar va muxlislarning etirofiga sazovor bo'lgan", – deyiladi xabarda.

34 yoshli forvard yakunlangan mavsum buxoroliklar libosida 20 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.



