Rasman: "Qizilqum" "Buxoro" sobiq futbolchisi bilan bitim tuzdi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2024
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan navoiyliklar navbatdagi transferni amalga oshirishdi.

Faoliyati davomida "Buxoro", "Istiqlol" va "Turon" jamoalarida to'p tepgan yarim himoyachi Fayzullo Jumanqo'ziev bo'lajak mavsumda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.



Futbolchi klub bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Turon" tarkibida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати