Rasman: PSJ futbolchisi boshqa klubga o'tdi

Alisher
18 iyul 2019, 13:47
PSJ yarim himoyachisi Kristofer Nkunku "Leyptsig" klubiga o'tdi.

Tomonlar 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Nkunkuning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan edi.

Nkunku yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida, PSJ safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/rbleipzig_en