Rasman: Pablo Mari "Arsenal"ga o'tdi

Alisher
29 yanv 2020
Himoyachi Pablo Mari rasman "Flamengo"dan "Arsenal"ga o'tdi.

London klubi rasmiy saytida klub futbolchini ijaraga olganini e'lon qildi. Ijara mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Bitimga ko'ra, "Arsenal" futbolchini yozda to'liq ravishda sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Mari 2019 yilning yozidan beri "Flamengo"da o'ynaydi. Futbolchi klub bilan Braziliya chempionligini va Libertadores Kubogini qo'lga kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/arsenal