Rasman: O'zbekistonlik futbolchi "Persiya Jakarta" jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 15:02
Yarim himoyachi Jahongir Abdumo'minov Tojikistonning "Istiqlol"idan Indoneziyaning "Persiya Jakarta" jamoasiga o'tdi.

Indoneziya jamoasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Jahongir klubi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. U yangi klubida 77-raqamda faoliyat olib boradi.

Abdumo'minov Tojikistonning "Istiqlol" jamoasidan oldin "So'g'diyona", "Metallurg" va "Mashal" kabi jamoalarda o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/persijajkt/