Rasman: O'zbekiston MTJ sentyabrda AQSH bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023, 17:17
O'zbekiston terma jamoasi oldinda turgan rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi.

"Vakillarimiz sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra, vakillarimiz Amerika Qo'shma Shtatlarida yig'in o'tkazadigan bo'ldi. 

Srechko Katanets shogirdlari yig'in doirasida 10 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-o'rinni egallab turgan AQSH milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar. Uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi "CityPark" stadionida bo'lib o'tadi", – deya xabar berdi O'FA.

AQSH – O'zbekiston 

10 sentyabr. 03:30 (Toshkent vaqti)

“CityPark” stadioni. Sent-Luis

Ma'lumot o'rnida, mazkur bahs jamoalar o'rtasidagi ilk o'zaro o'yin hisoblanadi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida O'zbekiston AQSH bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashishi haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати