​Rasman: "Nicca" "Lans" ustozi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2024
"Nicca" "Lans" bosh murabbiyi Frank Ez klubda ish boshlagani haqida xabar berdi.

2023 yil Liga 1'da eng yaxshi murabbiy deb topilgan Frank Ez rasman "Lill" bosh murabbiyi bo'ldi. Shartnoma shartlari hozircha ma'lum qilinmayapti.

"Loyiha menga yoqdi. Rahbariyat bilan muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi. Tezroq ishga kirishishni xohlayotganim uchun muzokaralar juda tez ijobiy yakun topdi. Oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilgan. Biz vazifani bajarish uchun astoydil ishlashimiz kerak", – dedi Ez.

Avvalroq Championat.asia sayti Frank Ez "Nicca"ga o'tayotganini birinchilardan bo'lib ma'lum qilgan va jamoa yangi ustozi kim bo'lishini ochiqlangan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News