

Bunga "Qo'qon-1912"ning mag'lubiyati va "Lokomotiv"ning durangi sabab bo'ldi.
So'nggi turda Qo'qon va Toshkent klubidan biri "Dinamo"ga sherik bo'ladi va Pro ligaga tushib ketadi. 12-o'rin egasi esa Pro ligada 3-o'rinni egallagan klub bilan pley-off uchrashuvida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" oxirgi turni safarda "Dinamo"ga qarshi, "Lokomotiv" esa o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.



