Rasman: "Navbahor" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Mirjalol Normatov
24 dek 2024
"Navbahor" matbuot xizmati Abbosjon G'ulomovning klubga qaytganini ma'lum qildi.

"Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, "Navbahor"da porlab, katta futbolda nom qozongan Abbosjon G'ulomov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Yuqori tezlik va chiroyli driblingga ega bo'lgan tezkor yarim himoyachi 2022 yildan joriy mavsum yakuniga qadar "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan edi. U yana jonajon jamoasiga qaytdi. Biz Abbosjon G'ulomovni jamoamiz safida o'zining chiroyli o'yinlari bilan "lochinlar" ning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shishiga tilakdoshmiz. 

"Navbahor" ga xush kelibsan, Abbosjon!", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати