Rasman: "Nasaf" nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher Ostonov
29 iyul 2025, 22:52
Qarshining "Nasaf" klubi o'z safiga Yusuf Otubanjoni qo'shib oldi.

Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.


"Yusuf Otubanjo - endi "Nasaf" futbolchisi!

"Nasaf" nigeriyalik hujumchi Yusuf Otubanjo bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Tajribali hujumchi faoliyati davomida Armaniston, Slovakiya, Avstriya, Ispaniya, Nigeriya jamoalarida to'p surgan.

Jamoamizning yangi a'zosiga omad tilaymiz. Yusuf Olaitan Otubanjo jamoamiz safida ko'plab g'alabalarga hissa qo'shishiga va sovrinli o'yinlarda muhim rol o'ynashiga ishonamiz.

"Nasaf"ga xush kelibsan, Yusuf Olaitan!, - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати