Rasman: MYU va Lisandro Martines 2027 yilga qadar shartnoma imzolashdi

Alisher
27 iyul 2022, 17:21
"Manchester Yunayted" himoyachi Lisandro Martines bilan shartnoma imzoladi.

Argentinalik Angliya klubi bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilning yoziga qadar bitim tuzdi.

Oldinroq, 24 yoshli o'yinchining transferi MYUga 57+10 mln evroga tushgani aytilgan edi.

Lisandro o'tgan mavsum "Ayaks" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: manutd.com