Rasman: MYU futbolchisi Konte jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
31 avg 2024
Skott Maktomini "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga o'tdi.

Neapol klubi 27 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi. Hozircha shartnoma qancha muddat davom etishini bilmaymiz. Oldinroq aytilganidek, transfer summasi bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda, 30 mln evroni tashkil qilgan.

O'tgan mavsumda Skott APLning 32 o'yinida qatnashib, 7 gol urdi.

Ayni damda "Napoli"ga Antonio Konte murabbiylik qilmoqda. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://x.com/ADeLaurentiis/