Rasman: "Monako" "Inter" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
Aslanov Jasurbek
29 avg 2017
Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi Stevan Yovetich faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.
"Monako"ning rasmiy sayti Yovetich bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.
Chernogoriyalik hamda monegasklar o'rtasidagi bitim 2021 yilgacha mo'ljallangan. Oldinroq, ushbu transfer 11 mln. evro evaziga amalga oshishi e'lon qilingan edi.