Rasman: Mirjalol Qosimov AGMK bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
20 iyul 2022
AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda O'zPFL xabar bermoqda. Tajribali mutaxassisning olmaliqliklar bilan yangi kelishuvi 2025 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, "Eshitdik-da!" rukni orqali 51 yoshli mutaxassisning AGMK bilan 3,5 yillik bitimga imzo chekishi haqida xabar bergan edik.

Qosimov 2019 yildan beri olmaliqliklarni boshqarmoqda. Jamoa joriy mavsum O'zbekiston Superligasi 1-davrasidan keyin 21 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz