Rasman: "Metallurg"ning ukrainalik legioneri "Dinamo"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025, 17:12
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Ukrainalik legioner Oleksandr Kucherenko "Dinamo" jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Tajribali markaziy himoyachi yakunlangan mavsumning ikkinchi davrasini Bekobodning "Metallurg" klubi safida o'tkazib, Superligada 13 o'yinda 1 ta golga mualliflik qilgandi. U Samarqand jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shilmoqda.

Kucherenko faoliyati davomida Ukrainaning "Veres", "Ingulec", "Volin", Moldovaning "Nistru" va "Veris" klublarida ham harakat qilib, Ukraina Premer-ligasi, Moldova Superligasi va Yevropa Ligasida ham o'yinlar o'tkazgan.

Ism-sharifi: Oleksandr Evgenevich Kucherenko 

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1991 yil, 1 oktyabr. Slavyansk, Ukraina.

Ampluasi: himoyachi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати