Rasman: Meksika terma jamoasini "Barselona"ning sobiq murabbiyi boshqaradi

8 yanv 2019, 00:40
Meksika terma jamoasini Xerardo Martino boshqaradigan bo'ldi.

Bu haqda terma jamoaning tvittyerdagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.

Argentinalik mutaxassis bilan shartnoma shartlari oshkor qilinmagan. Meksika termasi murrabbiylik postiga Martino, JCH-2018 nimchorak finalda Braziliyaga yutqazgandan (0:2) keyin istefoga chiqarilgan Xuan Karlos Osorioning o'rniga olib  kelindi.

56 yoshli Martinoning avvalgi jamoasi, u bilan MLS kubogida g'alaba qozongan "Atlanta Yunayted" klubi bo'lgan. Bungacha, Xerardo Martino "Barselona"(2013-2014) va Argentina (2014-2016) jamoalarini boshqargan edi.


Manba: Twitter.com/miseleccionmxEN