Rasman: Mateush Nunesh - "Manchester Siti" futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023, 15:14
"Manchester Siti" portugaliyalik futbolchi transferini e'lon qildi.

Portugaliyalikning Angliyaning amaldagi chempionlari bilan kelishuvi 5 yilga mo'ljallangan. 

"Shaharliklar" avvaliga "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketani sotib olmoqchi edi. Biroq futbolchi APL reglamentini buzganlikda gumon qilingani va ehtimoliy diskvalifikaciya tufayli klublar muzokarani to'xtatishiga to'g'ri keldi. 

Avvalroq, "Man Siti" Nunesh transferi uchun 60 million evrodan ko'proq berishi ma'lum qilingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Манчестер Сити" ФК