Rasman: Manjukichdan so'ng “Yuve”ning yana bir hujumchisi “Al-Duhayl”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
8 yanv 2020
“Yuventus” hujumchisi Xan Kvan Son “Al-Duhayl” futbolchisiga aylandi.

Ayrim manbalarga ko'ra, Qatar klubi shimoliy koreyalik forvardni 5 mln. evro evaziga xarid qilgan. 21 yoshli Xan joriy mavsum turinliklarning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. U-23 safida esa 20 bahsda qatnashib, 1+2 ko'rsatkichga erishdi.

Eslatib o'tamiz, 2 yanvar kuni “Yuventus” Xan Kvan Sonni "Kalyari"dan 3,5 mln evro evaziga sotib olgandi. 

Endi “Al-Duhayl” tarkibida “Yuventus”ning uch nafar sobiq a'zosi harakat qiladi. Bular: Xan Kvan Son, Mario Manjukich va Medxi Benatiyalardir.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/DuhailSC