Rasman: Mandanda 15 yildan keyin "Marsel" bilan xayrlashdi va "Renn" safiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2022
37 yoshli darvozabon Stiv Mandanda faoliyatini "Renn"da davom ettiradi.

U o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha "Marsel" klubi rekordchisi hisoblanadi. Tomonlar 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi, deb xabar berdi klub sayti.

Mandanda 2007 yilda "Gavr"dan kelib, bugungi kungacha "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U faqat bir mavsum Angliyaning "Kristal Pelas" klubida o'ynab qaytgan.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi faoliyatini "Renn"da davom ettiradi. U mazkur klub bilan 2023/24 yilgi mavsum so'ngigacha shartnoma tuzgan. 

Umuman olganda, Mandanda "Marsel" safida 613 ta o'yin o'tkazgan va bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Tajribali posbon jamoa tarkibida Fransiya chempioni nomiga sazovor bo'ldi va Fransiya Liga Kubogi (uch marta) va mamlakat Superkubogi (ikki marta)ni qo'lga kiritdi. 2018 yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: om.fr