Rasman: "Manchester Yunayted" Erik ten Xag bilan yangi shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag klub bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi, deb xabar berilmoqda klub rasmiy saytida.

Erik ten Xag 2022 yilda "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'lga olgandi va yaqinda klub u bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidaligi ma'lum bo'lgandi.

54 yoshli niderlandiyalik qo'l ostida "Manchester Yunayted" o'tgan mavsum APLda 60 ochko bilan 8-o'rinni egalladi. Angliya Kubogi finalida esa "Manchester Siti" taslim etildi (2:1). Aynan shu muvaffaqiyat klubga yangi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etish imkonini beradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: manutd.com