Rasman: "Manchester Siti" Chempionlar Ligasida o'ynaydi. CAS apellyaciyani qabul qildi

Alisher
13 iyul 2020
Sport arbitraj sudi (CAS) "Manchester Siti"ning evrokuboklarda ishtirok etishi borasida ijobiy hukm chiqardi.

Arbitraj "shaharliklar" tomonidan berilgan apellyaciyani qabul qildi.

"Man Siti" UEFAning fevral oyidagi chiqargan qaroriga etiroz bildirib, shikoyat yozgan edi.

Endi "shaharliklar"ning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashi ma'lum bo'lmoqda. Klub bu masalani APLda muddatidan oldin hal qilgan.


AlisherMuallif
Manba: mancity.com