Rasman: "Man Siti" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
3 mar 2020
"Koritiba" himoyachisi Yan Kouto faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.

Ingliz klubi 18 yoshida jamoa safida kelib qo'shiladigan 17 yoshli futbolchining transferini e'lon qiladi.

Braziliyalik futbolchining "Siti" bilan tuzgan shartnomasi 5 mavsumga mo'ljallangan. Oldinroq xabar berilganidek transfer klub uchun 9 million evroga tushadi, bundan tashqari 6 millionlik bonuslar ham ko'zda tutilgan.

"Barselona" Koutoni 5 million evroga sotib olishga rozi edi, ammo "Siti" raqobatda yutib chiqdi.

Kouto o'tgan yilning noyabr oyida Braziliya o'smirlar terma jamoasi safida JCHda g'olib bo'ldi. Uni o'z yurtida "yangi Dani Alvesh" deyishadi.


AlisherMuallif
Manba: mancity.com