Rasman: "Liverpul" kolumbiyalik futbolchini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2022
"Portu" qanot hujumchisi Luis Dias "Liverpul" o'yinchisiga aylandi.

Kolumbiyalik o'yinchi Angliya klubi bilan 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Uning transfer summasi 37,5 mln funt + 12,5 mln funt bonuslarni tashkil qiladi.

Dias "Liverpul"da 23-raqam ostida to'p tepadi.

25 yoshli vinger Kolumbiya terma jamoasi safida 31 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com