Rasman: "Lester"ning navbatdagi o'yini qoldirildi

Mirjalol Normatov
29 okt 2018
"Lester" matbuot xizmati jamoaning xo'jayini Vijay Shrivaddanaprabxaning fojeali vafoti tufayli navbatdagi o'yin kechiktirilganligini ma'lum qildi.

"Tulkilar"ning tvitteri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Angliya liga kubogi doirasida 30 oktyabr kuni "Sautgempton"ga qarshi bo'ladigan o'yin boshqa kuni o'tkaziladi. Hozircha ushbu kun belgilanmagan.

Kecha vertolyot qulashi natijasida vafot etgan Vijay Shrivaddanaprabxa davrida "Lester" Angliya chempionligini qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/lcfc