

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, rahbariyat Galegoning natijalaridan qoniqmagan va shu sabab tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan.
To'tiqushlar La Liganing 8 turidan keyin 5 ochko bilan autsayderlar qatorida (19) turishibdi. Yevropa Ligasida esa jamoa H guruhida 4 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.



