Rasman: Karpin Rossiya TJ bilan shartnomasini uzaytirdi. U “Rostov”dagi faoliyatini ham davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
6 noya 2022
Rossiya futbol ittifoqi terma jamoa ustozi Valeriy Karpin bilan yangi kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, mutaxassis bilan 2024 yil 1 avgustiga qadar shartnoma imzolandi. Karpin “Rostov”dagi faoliyatini ham davom ettiradi.

53 yoshli murabbiy 2021 yil 23 iyulda termani qabul qilib oldi va jamoa uning qo'l ostida 8 ta bahsda qatnashib, 6 marta g'alaba qozondi. Shuningdek, bir martadan durang va mag'lubiyat qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, Rossiya TJ 17 noyabrda Tojikiston bilan 20 noyabrda esa O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РФИ