Rasman: Karius APLga qaytdi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2022
“Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etgan kiper Loris Karius faoliyatini APLning boshqa jamoasida davom ettiradi.

29 yoshli nemis “Nyukasl” bilan yanvargacha shartnoma imzoladi va kelishuv yozga qadar uzaytirilishi ko'zda tutilgan. Klub uni mashg'ulotlarda jarohat olgan zaxira posboni Karl Darlouning o'rnini to'ldirish maqsadida olib keldi.

Karius “Beshiktosh” hamda “Union Berlin”da ijara asosida o'ynagan. Shuningdek, u “Maync” sharafini ham himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/NUFC