Rasman: Jud Bellingem "Real Madrid" klubi futbolchisi!

Administrator
7 iyun 2023
Futbolchi qirollik klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

"Borussiya D" klubi o'z futbolchisi Jud Bellingem "Real Madrid"ga o'tganligini e'lon qildi. Nemis klubining xabar berishicha, transfer summasi bonuslardan tashqari 103 mln evroni tashkil qilgan. Bonuslar bilan ushbu qiymat 30% gacha oshishi mumkin. Bellingem "Real" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi. 

Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U "Borussiya" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AdministratorMuallif
Manba: bvb.de