Rivaldo YCHL finali haqida: "Borussiya D" g'alaba qozonadi"

Administrator
10 may 2024
"Real Madrid" bu o'yinda favorit, ammo nemis klubi bu o'yinda g'alaba qozonadi.

Afsonaviy sobiq futbolchi Rivaldo Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga tahmin bildirdi.

"Men ancha avval YCHL finalida "Real" va "Borussiya D" o'ynaydi va finalda "Borussiya D" g'alaba qozonadi deb aytganman.

Shubhasiz, "Real" bu o'yinda favorit. Biroq, "Borussiya" bu turnirda qiyin o'yinlarda qanaqa harakat qilish kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Ular PSJni ikki o'yinda ham mag'lub qilishdi.

Ha, "Real" favorit, ammo "Borussiya D" chempionga aylanadi", -deydi Rivaldo.

Ma'lumot uchun, "Real" va "Borussiya D" 1 iyun kuni YCHL finalida o'zaro to'qnash kelishadi. 


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo