Rasman: Italiya va Argentina yangi sovrin uchun o'zaro kurash olib boradi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2021
Italiya 2022 yilda KONMEBOL hamda UEFA tomonidan tashkillashtirilayotgan sovrin uchun Argentina bilan to'qnash keladi.

"Evro-Amerika kubogi" uchun bahsda amaldagi Yevropa chempioni Amerika kubogi g'olibi bilan ro'baro' keladi. Birinchi uchrashuv EVRO-2020 g'olibi - Italiya va Kopa Amerika-2021 chempioni - Argentina terma jamoasi o'rtasida kechadi.

KONMEBOL va UEFA Londonda markaz ochish niyatida. Aytish joiz, yaqin yillar ichida yangi sovrin uchun uchta o'yin o'tkazishga kelishib olindi.

Yangi kubokning yaratilishi UEFA va KONMEBOLning ayollar, yoshlar va erkaklar futbolini rivojlantirish bo'yicha qo'shma loyihada ishtirok etayotgani bilan chambarchas bog'liq.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com