RASMAN: Ikrom Aliboev "Seul" futbolchisiga aylandi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018
Superliganing yakunlangan mavsumida "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul" klubi futbolchisiga aylandi.

Bu haqida Koreya klubi rasmiy sayti e'lon qildi.

Aliboev va "Seul" o'rtasidagi tuzilgan shartnoma 2021 yilgacha amal qiladi.

"Seul" a'zosiga aylanganimdan xursandman. Klub tarixi boy, stadioni ham ajoyib. "Seul" vakillari meni iliq kutib olishdi. Ushbu klub safida Server Jeparov muvaffaqiyatga erishgan. Men ham "Seul" tarixiga kirishga umid qilaman" - deydi Aliboev.

Eslatib o'tamiz, Server Jeparov 2010-2011 yillarda "Seul" sharafini himoya qilgan va jamoa bilan Janubiy Koreya chempioniga aylangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia