O'zbekistonlik futbolchi va futzalchi Osiyoda yilning eng yaxshisi bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 okt 2024
Joriy yilning 29 oktyabr sanasida Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol Konfederatsiyasi tomonidan qita futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Unda o'tgan 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo kubogi-2023 va futzal bo'yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o'z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi. 

Quvonarlisi, turli yo'nalishlardagi nomzodlar orasida O'zbekiston MTJ futbolchisi Abbosbek Fayzullaev (“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”) va futzal MTJ sardori Dilshod Rahmatov (“Yilning eng yaxshi futzalchisi”) ham bor. 

G'oliblar nomi tantanali marosim davomida e'lon qilinadi. Vakillarimizga omad tilaymiz!


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА