Rasman: Gamshik faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2021
Slovakiyalik hujumkor yarim himoyachi Marek Gamshik faoliyatini “Trabzonspor”da davom ettiradi.

U turk klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

33 yoshli Gamshik martda “Gyoteborg” bilan 30 avgustgacha shartnoma imzolab, jamoa libosida 6 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urishga erishdi.

Marek “Slovan”, “Breshiya”, “Napoli” va “Dalyan Profeshnl” kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Trabzonspor