Rasman: Eronning "Istiqlol" klubiga taniqli mutaxassis tayinlandi

Alisher
13 iyun 2019
Milanning "Inter" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni Eronning "Istiqlol" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

43 yoshli italiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzildi. Stramachchoni bir mavsum uchun 1,6 million evro maosh oladi.

Uning oxirgi ish joyi Praganing "Sparta" jamoasi bo'lgan va o'tgan yilning mart oyida klubdagi faoliyatini yakunlagan edi. Ungaqa qadar esa Gretsiyaning "Panatinaikos", Italiyaning "Udineze" va 2012-2013 yillar davomida "Inter"ni boshqargan.

Eslatib o'tamiz, 2018/19 yilgi mavsumda "Istiqlol" Eron chempionatida 3-o'rinni egallagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcesteghlal